UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi videolavha tarqaldi. Unda Habib Nurmagomedovning osh tayyorlayotgani aks etgan. Tasvirda Samarqand palovi pishirilayotganini ko‘rish mumkin.
Bundan oldin, Habib Nurmagomedovning o‘zi instagramdagi sahifasida Toshkentga kelgani haqida post joyladi.
«Mehmondo‘stlik uchun rahmat, birodarlar. Toshkent salqin ekan, lekin iftordagi Samarqandcha osh tanani yayratadi»,- deb yozdi Nurmagomedov instagramdagi postida. Suratda Nurmagomedov o‘zbekistonlik Otabek Umarov hamda Oybek Tursunov bilan tushgan.
Shuningdek, Habib Nurmagomedov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov bilan birgalikda mashg‘ulotda ham qatnashdi. Bu haqda Otabek Umarov o‘zining instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi