date

"O‘zbekiston pochtasi" orqali yuborilgan xatlar manzilga etib bormasdan yo‘q bo‘lib qolmoqda

"O‘zbekiston pochtasi" orqali yuborilgan xatlar manzilga etib bormasdan yo‘q bo‘lib qolmoqda

2015 yil noyabr oyida «O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi Toshkent filiali faoliyati bo‘yicha, aloqa bo‘limlari va pochta qutilari orqali buyurtmali va oddiy xatlar jo‘natilib, nazorat o‘tkazildi. Bu haqda Uz24.uz xabar bermoqda.

O‘tkazilgan nazorat natijasi jo‘natilgan oddiy nazorat xatlari manzilga etib bormasdan yo‘qolishi, aloqa bo‘limiga kelib tushgandan keyin oluvchilarga kechiktirilib etkazilishi hamda buyurtmali xatlarni qabul qilishda «Pochta qoidalari» talablari buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumot kamchiliklarni bartaraf etish hamda tegishli choralar ko‘rish uchun «O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi Toshkent filialiga taqdim etilgan va bajarilishi Inspeksiyaning Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan nazoratga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » "O‘zbekiston pochtasi" orqali yuborilgan xatlar manzilga etib bormasdan yo‘q bo‘lib qolmoqda