Pokistonlik general Sodiq Ali boshchiligidagi delegatsiya 30 may kuni Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.
Delegatsiya a’zolari dastlab Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.
Majmua yonida bunyod etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan tanishuv chog‘ida qisqa fursatda bunyod etilgan ushbu markazning yaratilish tarixi, uning faoliyati haqida mehmonlarga batafsil ma’lumot berildi. Bu yerdagi muzey va undagi eksponatlar pokistonliklarda katta qiziqish uyg‘otdi.
General Sodiq Ali buyuk muhaddis qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, bu zot to‘plagan sahih hadislar islom dinining asl mohiyatini odamlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi