
Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari Suriyadan qaytarilganlar haqida gapirgan.
“Uyat bo‘lsa ham aytish kerak, 156 nafar shaxs Suriyaga nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!
Men konstitutsiyaga ko‘ra, ularga chora ko‘rishim kerak, aslida. Lekin men unday qilmayman. Chunki, ular o‘zbek, bizning Vatandoshlarimiz!..
Ularni Vatanga olib kelish azob bo‘ldi. Juda og‘ir bo‘ldi. Biz hammamiz bu holatni chuqur o‘ylashimiz kerak...”, - dedi prezident.
Joriy yilning 30 may kuni 156 nafar fuqarolar, xususan ulardan 48 nafar ayol, 107 nafar bola kurdlarning lageridan O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Toshkent viloyatidagi sanatoriyga joylashtirildi.
Toshkent ViloyatiPrezident ShavkatVideoselektor Yig‘ilishiSuriyadan QaytarilganlarMatbuot XizmatiVatanga Olib Kelish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar