06:10 / 05.06.2019
3 829

O‘zbekistonda hokimlar ish ko‘pligidan xonasida tunab qolyapti

O‘zbekistonda hokimlar ish ko‘pligidan xonasida tunab qolyapti
Foto: O‘zA
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan tadbirda davlat organlari xizmatchilari ish vaqtidan ortiqcha ishlashlari muammosi ko‘tarildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jurnalistlar ba’zi viloyat hokimlari bilan intervyu qilish jarayonida ularni ish ko‘pligidan xizmat xonasida tunab qolishlariga guvoh bo‘lganliklarini aytdi.

Bunga javoban vazir Sherzod Kudbiyev quyidagicha javob qildi:

«Butun dunyoda davlat xizmatini muvofiqlashtiruvchi organlar bor. Bandlik xizmati davlat xizmatini muvofiqlashtiruvchi organ emas. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ana shunday davlat xizmatini muvofiqlashtiruvchi organ tuzish bo‘yicha taklif kiritgan. Aynan shu organ ish vaqtiga amal qilinishini tartibga soladi. Qolaversa, belgilangan vaqtdan ortiqcha ishlagan jabrlanuvchi bizga murojaat qilmagan. Agar murojaat qilinsa, biz albatta buni ko‘rib chiqamiz va belgilangan qonun doirasida chora ko‘ramiz», dedi Sherzod Kudbiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda hokimlar ish ko‘pligidan xonasida tunab qolyapti