Foto: O‘zA
Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani, Tutli qishlog‘ida yovvoyi ayiqqa nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lingan video tarqalgan va ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lgandi.
Joriy yil 2-3 iyun kunlari esa ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hududida nobud qilingan echkiemar to‘g‘risidagi xabarlar va o‘ldirilgan hayvon surati keng tarqaldi.
O‘zA voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan bog‘landi.
— Mazkur holat Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida sodir etilgan. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari joriy yil 13 may kuni Muborak tumani hududida o‘tkazgan navbatdagi ekologik reyd davomida Qarshi — Muborak — Buxoro avto yo‘liga yaqin bo‘lgan cho‘l hududida noma’lum fuqaro tomonidan nobud qilingan yovvoyi echkiemar aniqlandi, — deydi qo‘mita axborot xizmati xodimi Sevara Davlatova.
— Mazkur holat bo‘yicha inspektorlar voqea joyida yovvoyi echkiemarni ko‘zdan kechirib, holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Hozirda mazkur qonunbuzarlikni sodir etgan aybdor shaxsga nisbatan tegishli chora qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi