23:18 / 06.06.2019
3 682

Bosh prokuratura Said-Abdulaziz Yusupov qiynoqqa solinganini rad etdi

Bosh prokuratura Said-Abdulaziz Yusupov qiynoqqa solinganini rad etdi
4 iyun kuni Arslon Shoymardonov Said-Abdulaziz Yusupov DXX hibsxonasida shafqatsiz qiynoqlarga tutilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «BBC O‘zbek xizmati»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Said-Abdulaziz Yusupovning turmush o‘rtog‘i Dilfuza Yusupova bergan ma’lumotlarga ko‘ra, DXXga qilingan qayta-qayta murojaatlardan so‘ng, u eri bilan seshanba, 4 iyun kuni 20 daqiqa so‘zlashgan. Said-Abdulaziz Yusupov advokatiga «oper»lar uni urib, ichini to‘kib yuborgani» haqida aytgan.

«O‘tgan 12 kun davomida «oper»lar meni dubinka, suv to‘ldirilgan baklashkalar va boshqa buyumlar bilan oyoqlarimning tagiga, qo‘llarimga va tanamning qolgan joylariga tinmasdan zarbalar berishdi. Ular uraverib, ichki organlarimni to‘kib bo‘lishdi», – deya advokatning so‘zlariga tayanib, turmush o‘rtog‘idan iqtibos keltiradi Dilfuza Yusupova.

Dilfuza Yusupovaga ko‘ra, advokat Arslon Shoymardonov Said-Abdulaziz Yusupovni ko‘zdan kechirganda, badanida ko‘kargan, shishgan va qizargan joylarni ko‘rgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga Said-Abdulaziz Yusupov qamoqda qiynoqqa solinganini rad etdi.

JPK 345-moddasiga ko‘ra, tergovga tegishlilik 3 ta organ (IIV, DXX, prokuratura) orasida taqsimlangan, ayrim jinoyatlar tergovi qonunda tegishliligi aynan bir organ yurituvida ko‘rsatilmaganligi nuqtai nazaridan tergovda muayyan cheklov yo‘q. 168-modda aynan shu jinoyatlar kategoriyasidan. Yana bir muhim asos — Yusupov o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, firibgarlik qilgan. Bu ham uning ishini DXX tergov qilishini belgilaydi.

Ma’lumot uchun, Said-Abdulaziz Yusupov OAVlardagi bir qator maqolalari va video chiqishlari bilan tanilgan edi. Xususan, uning uchta FFF nazariyasi haqidagi chiqishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Qo‘lga olinganidan so‘ng, uning 2018 yil sentyabrida yozib olingan O‘zbekiston Prezidentiga videomurojaati e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Said-Abdulaziz Yusupov qiynoqqa solinganini rad etdi