7 iyun kuni Seulda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari Ji Eun xonim boshchiligidagi IRED investitsion kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kompaniya rahbari Ji Eun xonim O‘zbekiston iqtisodiyotning barcha sohalarida rivojlanish uchun kata salohiyatga ega ekani va Osiyo mamlakatlari O‘zbekiston bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, Koreya tomoni O‘zbekistonning energetika va turizm sohalariga sarmoya kiritish istagini bildirdi.
Shuningdek, IRED kompaniyasi vakillari bilan kechgan uchrashuvda Jizzax va Toshkent viloyatlarida golf-klublar qurilishiga doir loyihalar taklif etildi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, IRED kompaniyasi bilan Chirchiq daryosi bo‘yida rivojlangan infratuzilmaga (mehmon uylari, futbol maydoni, kinoteatr, restoran va h.k.) ega dam olish zonasini yaratishning shart-sharoitlari muhokama qilindi. Loyihada 10 million AQSh dollari qiymatidagi investitsiya kiritilishi ko‘zda tutiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi