
Foto: Videodan skrinshot
Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi bozor yondi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar tarqatilmoqda. Xabar qilinishicha, yongʻin tungi soat 02:00da boshlangan.
Oziq-ovqat va xoʻjalik mollari sotiladigan bozordagi yongʻinga qarshi tongga qadar kurash olib borilgan. Yon-atrof hududlari ichki ishlar xodimlari tomonidan oʻrab olingani aytilmoqda.
Margʻilonda bozor birinchi marta yonmayapti. Xabar qilinishicha, avval ham xalq tilida “kombinat bozori” deb yuritiladigan joy 3-marta, “SUM” deyiladigani esa 2-marta yongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar