date
views 6 379

Bebaho kelinlar

Bebaho kelinlar
Alouddin Samarqandiy (vafoti m. 1144 yil) zamonasining yetuk olimlaridan edi. Uning fiqh, tafsir, hadis, usul, aqoid, kalom ilmlariga oid ko‘plab asarlari bor. Lekin ular orasida «Tuhfatul fuqaho» asari nihoyatda mashhur bo‘lgan. Olimning shogirdi Alouddin Abu Bakr Kosoniy unga sharh yozib, ustoziga taqdim etdi.

Alouddin Samarqandiy sharhdan shunchalik mamnun bo‘ldiki, fiqhda o‘ziga tenglasha oladigan sohibjamol qizi Fotimani shogirdiga nikohlab berdi. Mazkur sharh mahr uchun kifoya qildi. Shunday qilib, odamlar orasida «Tuhfa»sini sharh etib, qizini oldi», degan gap mashhur bo‘lib ketdi.
(Najmuddin Umar ibn Muhammad Nasafiy, «Samarqandiya» asaridan).


Umaviylar sultoni Hishom ibn Abdurahmon taxtga chiqqanida (h.172/m.788 yil) hali yosh, uylanmagan edi. Turmush qurish istagi tug‘ilib, o‘ziga munosib kelinlikka nomzodlarga Qur’oni karimni yod olganlikni shart qilib qo‘ydi. Shunda birgina Galin degan joydan yetti yuz yigirma nafar Qur’on hofizi bo‘lgan qiz chiqdi.

Keyin sulton ikkinchi shart qo‘yishga majbur bo‘ldi: bo‘lajak zavjasi Imom Molikning «Muvatto» hadis kitobini ham yod bilishi kerak edi. Shunda ham kelinlikka nomzodlar kamaymadi: Qurtubaning o‘zidan besh yuz nafar qiz ham Qur’onni, ham «Muvatto»ni yod bilishi aniqlandi. («Musulmonlarning taqvim kitobi», 2000 yil, 2-chorak)

Uzukka ko‘z mos tushganiday kelinlar ham kuyovlarga munosib bo‘lgan ekan.

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bebaho kelinlar