
Toshkentda Nexia rusumidagi avtomobil haydovchisi yo‘l chetidagi avtoturargohda bir necha erkak ustiga bostirib bordi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabar berishdi.
Ushbu hodisa qayd qilingan videoda haydovchi u tomon yo‘nalayotgan bir necha erkakni atayin urib ketganini ko‘rish mumkin. Haydovchi to‘xtamay, harakatini davom ettirgan. Shundan keyin bir necha kishi mashina ortidan quvlab ketgan va videodan ko‘rinishicha, ular haydovchini ushlashga muvaffaq bo‘lishgan.
So‘ngra uch erkak o‘z mashinasi yoniga yugurib borib, unga o‘tirishgan. Videoda keyin nima yuz bergani aks etmagan. Ehtimol, ular huquq-tartibot xodimlarini chaqirtirishgan yoki aybdorni o‘zlari jazolash yoxud u bilan “gaplashib olishga” urinishgan.
Hozirda ushbu voqea qachon va qayerda yuz bergani noma’lumligicha qolmoqda. Ba’zi foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, voqea Qo‘yliq bozori yonida sodir bo‘lgan.
ToshkentNexia AvtomobiliHaydovchi VoqeasiIjtimoiy TarmoqErkaklar UstigaHuquq Tartibot O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar