
Ijtimoiy tarmoqlarda koʻchada guruh boʻlib mushtlashayotgan kishilarning videotasviri tarqaldi. Unda bir nechta fuqarolar hatto mashinada bir-birlarini bosib ketmoqchi ham boʻlishgan.
Toshkent shahar prokuraturasining oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Farhod Boboniyozovning “Zamon” dasturida maʼlumot berishicha, mazkur hodisa joriy yilning 5-iyun kuni sodir boʻlgan.
Ushbu hodisa tufayli bir nafar kishiga pichoq vositasida jarohat yetkazilgan, ikki kishiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoiy ish ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy TarmoqToshkent ProkuraturasiOʻta Ogʻir JinoyatMushtlashuv VideoJinoyat KodeksiTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar