
2019 yil 6 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT «Xalq banki» Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valyuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilganida 100 ming AQSh dollari yo‘qligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borildi.
Natijada jinoyat Yozyovon tumani Guliston mahallasida yashovchi yuqoridagi bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T. hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona ViloyatiXalq BankiJinoyat KodeksiBank XodimlariYozyovon TumaniTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar