3 479
Toshkent shahrining 5 ta tuman davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi. Bu haqida DSQ Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kabirov Naim Noyobovich Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
N.Kabirov 1969 yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1997 yili Toshkent davlat universiteti, 2009 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993 yilda Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasida inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Mahmado‘stov Jalol Mahmado‘stovich Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
J.Mahmado‘stov 1973 yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 1996 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2007 yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U soliq tizimida 1996 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib, Toshkent shahri tumanlari inspeksiyalarida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 2018 yil sentyabr oyidan shu kunga qadar Davlat soliq qo‘mitasining Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Ergashov Jamshid Ashurovich Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
J.Ergashov 1981 yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2003 yili Termiz davlat universitetini, 2005 yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2011 yili Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.
U 2007-2014 yillarda Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritib, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamentida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Mullajonov Hojiakbar Xamidovich Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
X.Mullajonov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2014 yildan Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limida inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Yakkasaroy tumani G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Davlatov Ilhomjon G‘ulomjonovich Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
I.Davlatov 1986 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2011 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2018 yili Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2011 yilda Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasidan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar ushbu jamg‘armaning Olmazor tumani bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?