Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Call-markaz tashkil etildi

Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Call-markaz tashkil etildi
2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Call-markaz tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram-kanalida xabar qilindi.

Mazkur markaz abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob beradi hamda joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazib boradi.

Fuqarolar (71) 246-16-04 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Avvalroq Davlat xizmatlari agentligi abituriyentlarning oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishlari tartibi va to‘lov miqdori haqida xabar bergandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar