25 may kuni Toshkent metrosida uch nafar litsey bitiruvchisi pirotexnika buyumlari bilan mayda bezorilik sodir qilgan. Ular «prank» video tayyorlab, internetga joylash orqali pul ishlash va a’zolari sonini ko‘paytirish maqsadida, metro poyezdi «Bodomzor» bekatiga kelib to‘xtaganida pitardalar solingan sumkaga o‘t qo‘yib, holatni telefonda videoga olishgan.
Shundan so‘ng bezorilar sumkani tashlab qochishgan, vagondagi olov tezda bartaraf etilgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Yunusobod tumani ma’muriy sudining 4 iyundagi qaroriga muvofiq, ayblanuvchilar muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmagani, qilmishlaridan chin pushaymonligi va yosh ekanligi inobatga olinib, ularga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘smirlar Shayxontohur tumanidagi 5-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan akademik litsey talabalaridir. Ular «iPhone 5» telefonida olingan videoni internetga tarqatib ulgurishgan.
Bir haftalik qamoq jazosidan tashqari bu yigitlar, shuningdek, eng kam ish haqining 5,5 baravari miqdorida jarimaga ham tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»