2019 yilning sentyabridan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida afg‘onistonlik xotin-qizlarning ta’lim olishi boshlanadi. Bu haqda Yevropa Tashqi munosabatlar xizmati ma’lumotlariga tayanib O‘zA xabar qildi.
Mazkur ta’lim loyihasi O‘zbekiston va Qozog‘istonning BMT bilan hamkorligida ishga tushirilgan. Dastur loyihasini ishlab chiqish ishlari yakunlandi va unga ko‘ra, 2019—2020-o‘quv yilida dastur hayotga tatbiq etila boshlanadi.
"Afg‘oniston tomoni malakali mutaxassislar zarur bo‘lgan sohani belgilaydi. Taxminan 50 nafar, eng ko‘pi bilan 100 nafar xotin-qiz bu dasturda ishtirok etadi. Bu tajriba loyihasi, agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, u holda BMT bundan keyin ham loyihani qo‘llab-quvvatlayveradi", – deya ma’lum qildi Yevropa Tashqi munosabatlar xizmati vakili.
Ta’kidlanishicha, talabalar sentyabrda o‘qishni boshlaydi. Ta’lim ingliz tilida bo‘ladi va keyin Afg‘onistonning o‘zi tanlaydigan sohalarga — asosan statistika va tog‘-kon sektoriga o‘tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)