15:05 / 23 июня 2019
1 385

Qozogʻiston mamlakatdan sigirlar olib chiqib ketilishini taqiqlamoqchi

Qozogʻiston mamlakatdan sigirlar olib chiqib ketilishini taqiqlamoqchi
Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi mamlakatdan yirik shoxli urgʻochi chorva mollari olib chiqib ketilishiga taqiq qoʻymoqchi. Bu haqda ushbu idora rahbari Saparxan Omarov maʼlum qildi, deb yozadi “Xalq soʻzi” nashri.

Uning aytishicha, oʻtgan yil 12 oy davomida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga 50 mingta yirik shoxli qoramol olib oʻtilgan, joriy yil besh oyida esa bu koʻrsatkich 42 mingtani tashkil etgan.

“Bu bir tomondan yaxshi, bu bizning chorvachilikni rivojlantirish dasturimiz ishlayotganini anglatadi, odamlarimiz kredit olishyapti, mol boqib, keyin uni sotishmoqda. Boshqa tomondan hozir biz parvarishlayotgan sigirlarni olib chiqib ketish faktlari bor. Bunga katta mablagʻ ajratyapmiz. U esa Oʻzbekistonga olib chiqib ketilmoqda”, - dedi vazir.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻtgan haftadan boshlab Oʻzbekiston bilan chegarada ikkita guruh oʻz ishini boshladi. Ular Qozogʻistondan Oʻzbekistonga chorva yetkazib berilishini tekshiradi.

“Ushbu tekshirishlarning dastlabki natijalariga koʻra, juda koʻp qonunbuzilishlar mavjud, quloqlardagi birka(yorliq)lar kesib olib tashlanmoqda, chorvaning kelib chiqishi nomaʼlum boʻlib qolyapti. Biz hozir ushbu tekshiruv natijalari boʻyicha qaror qabul qilamiz”, - dedi u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)