Markaziy bank “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, Markaziy bankining 2007 yil 9 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.
Loyihada mikrokredit tushunchasi yangi tahrirda bayon etish taklif etilgan.
“mikrokredit - yosh oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablag‘lari”, - deyilgan hujjatda.
Qarorning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etish:
“Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti kredit resurslari manbasidan qat’i nazar, quyidagi miqdorlarda beriladi:
yakka tartibdagi uy-joyni qurilishi va sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravarigacha;
yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravarigacha.
Qarorda aytilishicha, hujjat 2019 yil 1 sentyabrdan e’tiboran kuchga kirishi mumkin.
Loyiha 10 iyulgacha muhokama qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?