O‘zbekiston hukumatining 25 iyundagi qarori bilan Toshkent shahrida Vestminster xalqaro maktabi tashkil etildi.
Qaror bilan maktab faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilandi.
«Iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o‘qitish, gumanitar, tabiiy va aniq fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘rganishni tashkil etish, o‘quvchilarga chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rgatish, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish shular jumlasidan», – deyiladi «Huquqiy axborot» kanali ma’lumotida.
Maktab nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanib, unda ta’lim jarayoni xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida olib boriladi.
Maktab bitiruvchilariga ta’lim to‘g‘risidagi davlat namunasidagi hujjat (shahodatnoma, attestat) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkonini beruvchi xalqaro darajadagi dasturlarning diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) beriladi.
Maktabga qabul qilish tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ta’lim maktab tomonidan belgilanadigan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)