
Xalqaro Press-klubning Islom sivilizatsiyasi markazidagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayter Xayriddin Sultonov o‘z fikrlarini bildirdi.
“Islom taraqqiyoti markazida bugun ishlaydigan kadrlar bormi?! Biz ularni tarbiyalashimiz kerak. Islom sivilizatsiyasi markazi haqiqiy yetuk, ilm fidoyilari markazi bo‘lishi lozim. Ilm mashaqqatlariga haqiqatan tayyor bo‘lgan fidoyi yoshlarni ko‘paytirishimiz kerak. Bir, ikki qo‘shiq aytib yulduz bo‘lishga ishqiboz yoshlarimiz ko‘p. Ammo bizga hech narsa bermaydi ular. Bizga ilmga qiziquvchan yoshlar kerak, ularni tarbiyalashimiz lozim. Islom taraqqiyot markazi O‘zbekistonning yangi renessans davrini boshlab beradi”, deya Xayriddin Sultonovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi O‘zA.
Xalqaro Press-klubIslom SivilizatsiyasiO‘zbekiston RespublikasiXayriddin SultonovIlm FidoyilariTaraqqiyot Markazi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar