28 iyun kuni soat 12:05da Jizzax shahri, Navro‘z mahallasi hududidagi «Istiqlol» bolalar bog‘ida «Uchar likopcha» attraksioni tutqichi sinib, yerga qulagan. Baxtsiz hodisa oqibatida bir qiz fojiaviy tarzda hayotdan ko‘z yumgan.
Jizzax viloyati IIB Axborot multimedia guruhiga tayanib Kun.uz nashrining xabar berishicha, 1999 yilda tug‘ilgan M.H Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, «So‘loqli» mahallasida yashagan.
M.H.ning o‘limiga esa yerga yiqilish ortidan olingan tan jarohati sabab bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, attraksionga turli yoshda bo‘lgan 8 kishi chiqqan. Og‘ir ahvoldagi qizni tez tibbiy yordam mashinasini kutmasdan kasalxonaga olib ketishgan. Afsuski, qiz kasalxonga yetmay yo‘lda jon bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi