
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
30 iyun kuni 16.00 da Toshkent shahrida Yoshlar kuni doirasida «Yoshlar-karting» ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahri markazidagi Amir Temur xiyobonida harakat cheklanishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Musobaqa shahar poygasi shaklida, 1,5 kmga yaqin masofada bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Amir Temur shox ko‘chasining Amir Temur hiyoboni aylanma yo‘lidagi qismi to‘liq, shuningdek, Amir Temur shox ko‘chasining Amir Temur hiyobonidan Istiqlol ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati cheklanadi.
Ushbu holat bugun, 29 iyun kuni soat 21.00dan boshlanib, 30 iyun kuni soat 21.00gacha davom etadi.

Yoshlar KuniToshkent ShahriAmir Temur XiyoboniSport MusobaqalariHarakat CheklanishiOmmaviy Poygasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar