11:15 / 29.06.2019
3 234

Xayriddin Sultonov maktablarda hadis ilmi o‘rgatilishi masalasiga javob berdi

Xayriddin Sultonov maktablarda hadis ilmi o‘rgatilishi masalasiga javob berdi
Xalqaro Press-klubning Islom sivilizatsiyasi markazidagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – spichrayter Xayriddin Sultonov O‘zA muxbirining maktablarda Imom al-Buxoriy, At-Termiziy hadislari o‘qitilishi yuzasidan bergan savoliga javob qaytardi.

«Bizda maktab darslariga hadis, Qur’on ilmi kiritilmagan bo‘lsa-da, odobnoma, ma’naviyat asoslari, Vatan tuyg‘usi haqida, tarix va jahon dinlari tarixi darsliklarimiz bor. Ularning har birida ozmi-ko‘pmi hadislar, din ulamolari va Islom dini haqida ma’lumotlar bor. Gap uning miqdor, hajm jihatdan qancha bo‘lishida emas. Biz o‘tmishda yaratilgan merosning hammasini ko‘r-ko‘rona qabul qilishimiz kerak emas. Bu bugungi taraqqiyotimizga xizmat qiladimi-yo‘qmi?

Har bir asarlarga o‘sha davrdagi hukmron siyosat ta’sir qilgan. Albatta, bundan xoli bo‘lgan Qur’on va sahih hadislarimiz bor. Din yo‘lida yaratilgan kitoblar juda murakkab masala. Unda ko‘plab oqimlar bor. Qancha-qancha sulton, amirlar din nomi bilan o‘ldirilgan.

Misol uchun, Nodirabegim ham din niqobi bilan o‘ldirilgan. Shuning uchun bu masalaga o‘ta hassoslik bilan yondashishimiz kerak. Islomni yaxshi tushunish uchun ilm kerak, avvalo dinni o‘rgatuvchilarning o‘zida ilm bo‘lishi kerak. Besh yil arab tilini o‘qib, arab tilida o‘z biografiyasini yozib berolmaydiganlar bor. Dinni o‘rganishga sabr toqati yetadigan odamlar kerak. Shuning uchun yoppasiga har bir maktabda din darsini o‘tish to‘g‘ri kelmaydi. Bizga eng mos keladigan shior - «Diling Allohda, qo‘ling ishda bo‘lsin». Hozir bizga umuman mos bo‘lmagan qora kiyimlarga burkanishmoqda. Avvallari onalarimiz besh mahal namoz o‘qisa-da, qora matolarga burkanmagan-ku?!

Avvalo din yuragimizda, dilimizda bo‘lishi lozim. Din ko‘z-ko‘z qilinmaydi. Yana bir gap, din bor va dindor bor. Din — o‘zgarmas haqiqatlar majmuasi. Ammo dindorga xato qilish, yanglishish xos. Shuning uchun dindorlar faqat to‘g‘ri gapiradi, deb o‘ylashimiz ham to‘g‘ri emas. Qonunlarimizda vijdon erkinligi mustahkamlab qo‘yilgan shuni hech qachon unutmasligimiz kerak. Islom sivilizatsiyasi markazini biz din bo‘yicha mutaxassislar yetishsin, deb bunyod etmoqdamiz. Alohida iqtidorli bolalarni esa maxsus diniy bilim yurtlarda tarbiyalash maqsadga muvofiq», — deb Xayriddin Sultonovning so‘zlarini keltirmoqda O‘zA.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xayriddin Sultonov maktablarda hadis ilmi o‘rgatilishi masalasiga javob berdi