
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning aytishicha, Toshkent shahrida har qanday hokim ishlay oladigan munosib tizimni barpo qilish uning jamoasining asosiy maqsadidir. U, shahar hokimligida OAV vakillari uchun o‘tkazgan matbuot anjumanida shunday bayonot berdi.
Jurnalistlardan biri, shahar hokimi kelajakdagi faoliyatlarini belgilab olgani yoki yo‘qligi, bosh reja yo‘qligiga qaramay, 10 yildan Toshkent shahrini qanday tasavvur qilishi, poytaxtda qaysi yo‘nalishlarni qisqartirish yoki nimalarga ehtiyoj borligiga qiziqdi. Umuman, shaharda strategiya belgilab olinganmi, deya savol bilan murojaat qildi OAV vakili.
«Albatta, strategiyani belgilashda har doim bosh reja lozim deb o‘ylamayman. Hozir, ko‘pchilik, bosh reja bo‘lsa, hayotimiz osonlashib qoladi, degan tushunchada yuribdi. Ammo, bosh reja iqtisodiy-siyosiy yoxud boshqa sohalarda rivojlanishlarni belgilab beradi, degani emas.
Toshkentni qanday ko‘ramiz? Albatta, har bir fuqaro Toshkentni 10 yildan keyin emas, 5 yil, 3 yildan keyin rivojlangan ko‘rishni xohlaydi. Ertaga rivojlangan bo‘lib qolishini xohlaydi. Oldimizga qo‘ygan vazifalarimiz bor. Lekin maqsadlarni aniqlab olishimiz kerak.
Masalan, ilgariroq, bir hokim ishdan ketib, yangisi kelsa, u barcha ishni qaytadan boshlardi, ya’ni davom ettirib keta olmasdi. Bizning birinchi qilishimiz kerak bo‘lgan ishimiz shunday tartibni o‘rnataylikki, biz qancha ishlashimizdan qat’inazar yangi hokim uni davom ettirib ketsin. Ya’ni, millatga, xalqqa zarari tegmasin. Shunday strategiya qilishimiz kerak, 10 yildan keyin kelgan hokim, shuni davom ettirib ketsin. Ya’ni yangi sahifadan boshlamasin. Biz bu borada yirik kompaniyalardan maslahatlar olyapmiz. Tizimni shakllantirib, ishga tushirib olishimiz kerak.
Masalan, men 10 yillikni reja qilsam-u, 2 yil ishlamasam, boshqa hokim kelib yana o‘zgartirsa, kimga jabr, millatimizga, shu yerda yashaydigan xalqimizga jabr. Biz shunday tizim qurib olishimiz kerakki, bizdan keyin keladiganlarga ham shu tizimda ishlash qulay bo‘lsin», - dedi Ortiqxo‘jayev.
ToshkentJahongir Ortiqxo‘jayevshahar hokimistrategiya belgilashtizimni barpo qilishOAV vakillari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar