date
views 7 317

Toshkentda ulkan xazina topildi. Birgina kitobning o‘zi — 600 ming dollar (foto)

Toshkentda ulkan xazina topildi. Birgina kitobning o‘zi — 600 ming dollar (foto)
Foto: O‘zA
Qadimiy oltin tangalar, eng qadimiy manbalardan darak beruvchi sirli xaritalar, diniy qo‘lyozma va ikonalar kabi yuzga yaqin noyob tarixiy qiymati hali baholanmagan qimmatbaho ulkan xazina Toshkentdan topildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xorijliklar birgina tilla suvi yuritilgan kitobning o‘zini 600 ming dollarga sotishini so‘ramoqda.

Tillo tangalarning narxi qancha?

Foto: O‘zA
Bu ulkan xazina ichida IX—XIX asrlar oralig‘ida Turkiston hududida, shuningdek, XVIII va XX asr boshlarida Rossiya va Yevropaning bir nechta mamlakatlarida zarb etilgan oltin, kumush va mis tangalar kolleksiyalari bor. Shuningdek, xazinada Amir Olimxon davriga tegishli qo‘lyozmalar-u, Yevropa va Osiyo mintaqalar tarixidan hikoya qiluvchi eng noyob manbalar saqlangan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ulkan xazina topildi. Birgina kitobning o‘zi — 600 ming dollar (foto)