Foto: Sputnik
Toshkent shahar chegarasi kelajakda yana 18 ming gektar maydonga kengayishi mumkin. Bu haqda Toshkent hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatovga tayanib, Sputnik xabar qildi.
Hidoyatov aytishiga qaraganda, hozir Toshkent shahrining umumiy hududi 33 ming gektarni tashkil qiladi. Yangi qo‘shiladigan maydon shaharni yana 60 foizga kengaytiradi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, «Yangi Toshkent» poytaxtning Sharqiy tomonidan, Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab joylashadi. Biroz oldin Britaniyaning Benoy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi shahar virtual loyihasi namoyish etilgan edi. Ayni damda xitoylik me’morlar taklifi ham ishlab chiqilmoqda.
«Yangi Toshkent»da ma’muriy hudud, markaziy biznes hududi, savdo hududi va aeroport zonasi bo‘ladi. Yangi shaharda umumiy hisobda 2 millionga yaqin kishi yashashi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?