Foto: Instagram / Otabek Umarov
O‘zbekiston Prezidentining kuyovi, Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov o‘zining Instagram’dagi sahifasida kenja qizi Ranianing suratini joylashtirib, o‘zbekistonlik barcha yoshlarni «Yoshlar kuni» bilan tabrikladi.
«Dunyoga kelajak avlod ko‘zi bilan boqsang uning naqadar beg‘uborligi, go‘zalligi va betakrorligini his qilar ekansan. Yoshlar qudratli bo‘ladi. Ular ulkan orzulari va xayollari bilan shiddatli oqimni o‘zgartirishga, osmono‘par inshootlarni yaratishga, hayotni yana-da go‘zallashtirishga, qo‘yingki, dunyoni zabt etishga qodir bo‘lishadi. Kelajak shu kabi jajji va barkamol avlod qo‘lida. Xudo xohlasa bizning tinch va masrur keksalik gashtimizni ham ular ta’minlab berishadi. Farzandlarimizning rang-barang, go‘zal hayot yo‘li va keksalik yoshiga tinchlik bilan yetib borishiga bugun biz masulmiz. Yoshlar kuni bilan barcha navqiron avlodni — O‘zbekiston kelajagini samimiy qutlayman!», — deb yozadi Otabek Umarov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi