09:03 / 02.07.2019
3 557

O‘zbekistonda mahkumlarga ta’tilga chiqish huquqi berildi

O‘zbekistonda mahkumlarga ta’tilga chiqish huquqi berildi
Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib-qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mahkumlarga quyidagi huquqlar berildi:
- ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda mashqlar bilan shug‘ullanish;
- psixologik yordam olish;
- xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, mehnatiga haq olish.

Endilikda mahkum og‘ir kasallikka chalingan taqdirda telefon orqali qo‘shimcha so‘zlashish, shuningdek, shifokorning ko‘rsatmasi bilan qo‘shimcha uchrashuvga ruxsat beriladi.

Mahkumlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi aniqlashtirildi hamda mahkumlarning har 6 oyda kamida bir marta, shuningdek, ularning murojaatiga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kerakligi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda mahkumlarga ta’tilga chiqish huquqi berildi