18:56 / 03.07.2019
5 541

Bosh prokuraturada yangi tayinlovlar amalga oshirildi (foto)

Bosh prokuraturada yangi tayinlovlar amalga oshirildi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Nodirbek Boytemirov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Nodirbek Nu’manovich Boytemirov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U bu lavozimda Najimaddin Baymurzayevich Jolamanov o‘rnini egalladi.

Nodirbek Boytemirov 1973 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Farg‘ona shahar prokuraturasining ish o‘rganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi boshlig‘i, Xorazm viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni bo‘lim mudiri lavozimida ishlagan.

Sodiqjon Nazarov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Sodiqjon Rahimovich Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bu lavozimda Jahongir Sirojiddinovich Mirsafayev o‘rnida ish boshladi.

Sodiqjon Nazarov 1961 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1985 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1992 yilda Sirdaryo tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, Sharof Rashidov, Xovos, Sardoba, Sayxunobod tumanlari prokurori, Bosh prokuratura va Sirdaryo viloyat prokuraturasining turli lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati prokuraturasi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi prokurori lavozimida ishlagan.

Shavkatjon Raximov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Shavkatjon Jo‘rayevich Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha bu lavozimda Rustam Omonovich Hayitov ishlab kelayotgandi.

Shavkatjon Rahimov 1968 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996 yilda Norin tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan To‘raqo‘rg‘on tumani prokurori, Namangan viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i, Bosh prokuraturada boshqarma katta prokurori sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Sodiqjon Berdialiyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Sodikjon Alijonovich Berdialiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U yangi lavozimida Bahrom Bayitovich Toshtemirov o‘rnida ish boshladi.

Sodiqjon Berdialiyev 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012 yili Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2000 yilda Andijon shahar prokuraturasi ish o‘rganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Andijon shahar prokurori, Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari, Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

«Shu o‘rinda, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari tizimidagi kadrlar almashinuvi yuzasidan faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanish va havola keltirishni so‘rab qolamiz», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuraturada yangi tayinlovlar amalga oshirildi (foto)