Foto: «Google.com»
Umumiy o‘rta ta’lim va o‘qituvchilarga oid yangiliklar berib boriladigan kanalda Singapur tajribasi va Singapur davlatining sobiq bosh vaziri Li Kuanning so‘zlari eslandi.
«Ko‘pchilik mendan Singapurning rivojlangani haqida sӯrab, shunday savol berishadi: «Qanday qilib ulkan davlatdan ajralib chiqib, mittigina hudud bilan rivojlangan davlatga aylandinglar? Bu «mo‘’jiza»ni qanday amalga oshirdingiz?»
Ularga javoban shunday dedim: «Men Singapurda mo‘’jiza yaratmadim. Men faqat Vatanim oldidagi burchimni bajardim, xolos. Davlat byudjetini ta’limga yo‘naltirdim. Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga ko‘tardim. Davlatdagi «mo‘’jiza»larni amalga oshirgan insonlar — muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan, kamtar avlodni yetishtirib chiqardilar. Buning uchun ulardan minnatdormiz!» — degan edi Li Kuan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hamon o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etilishi holatlari uchrab turibdi. Xususan, Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"