Kanada tajribasidan foydalangan holda, O‘zbekistonda aholi daromadlaridan kelib chiqib, gaz va elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan narxlarni qo‘llash taklif qilindi.
Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, moliya-energetika organlari va jurnalistlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ishtirokchilar tomonidan aholining boy va kam ta’minlangan qatlamlari uchun alohida ta’riflar bo‘lishi kerakligi taklif qilindi.
Unga ko‘ra, kam ta’minlangan aholi daromadlarining 40-50 foizi turli soliq va to‘lovlar uchun ishlatilayotganligi sababli, ularning real daromadlari kamayib ketayotganligi, buning oldini olish va kam daromadli oilalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida gaz va elektr-energiyasi uchun to‘lovlar daromadga qarab belgilanishi kerakligi ta’kidlangan.
Energetika vazirligi vakili Farrux Hasanovning ma’lum qilishicha, bu masala bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, Toshkent shahri Yunusobod tumanida sinov tariqasida amaliyotga tatbiq etilgan. Bunda aholining o‘rtacha elektr sarfi (300 kVt) hisoblab chiqilgan va normadan ko‘p elektr ishlatgan xonadonlardan ko‘proq to‘lov olinishi mumkin.
Mutasaddilarning aytishicha, aholi tomonidan elektr energiyasi isrof qilinishining oldini olish maqsadida elektr narxini oshirish va kam daromadli aholiga to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashiga ko‘maklashish uchun ularga yordam puli ajratish ham ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yarim yillikda davlat byudjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi energiya resurslari tariflarini optimallashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi