
Kecha, 8 iyul kuni soat 23.58da «102» raqamiga Olmazor tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Aniqlanishicha, taxminan soat 23.00da «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi 28 yoshli Tolibjon S., Tansiqbayev ko‘chasi tomon TXAY bo‘ylab harakatlanishi davomida piyodani urib yuborgan. 1968 yilda tug‘ilgan Olmazor tumanida yashovchi To‘lqin G. tan shikastlari bilan shifoxonaga olib borilgan va shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumgan.
Toshkent shahar IIBBning xabar qilishicha, YTH sababi: piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.
«Hurmatli piyodalar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling va yo‘lni faqatgina belgilangan joydan kesib o‘ting», deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar