10:03 / 10.07.2019
3 283

Tavsiyanomaga ega abituriyentlarning arizalari 20 iyulgacha qabul qilinadi

Tavsiyanomaga ega abituriyentlarning arizalari 20 iyulgacha qabul qilinadi
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 20 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
- umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;
- pasportning nusxasi;
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat;
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;
- abituriyentning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;
- tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar tomonidan pasport qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbatlar 10 avgustdan 20 avgustga qadar o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tavsiyanomaga ega abituriyentlarning arizalari 20 iyulgacha qabul qilinadi