date
views 2 794

Prezident farmoni: MIB jamg‘armasiga ajratmalar miqdori kamaytiriladi

Prezident farmoni: MIB jamg‘armasiga ajratmalar miqdori kamaytiriladi
Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan tabiiy gazni va elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablag‘lardan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar, qo‘shilgan qiymat va aksiz solig‘ini chegirib tashlab, 5 foiz miqdorda amalga oshiriladi.

Ilgari tushgan mablag‘larning 10 foizi o‘tkazilgan.

Bundan oldin, MIB tabiiy gaz uchun to‘lovlarni yig‘ish huquqidan mahrum bo‘lishi xabar qilingandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident farmoni: MIB jamg‘armasiga ajratmalar miqdori kamaytiriladi