
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi ob’ektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.
Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidandir.
Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.
Ilgari Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.
Milliy GvardiyaIchki IshlarAlkogolizmGiyohvandlikO‘qotar QurolLitsenziya Berish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar