Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
12 iyul kuni soat 16:20da Toshkent shahar YoXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani “Jo‘rabek” mahallasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 13-uy oldida harakatlanib ketayotgan, “DAEWOO” rusumli “MAXSUS TRANS” avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan 1 ta yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmasi soat 16:22 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:26 da bartaraf etilgan.
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida Olmazor tumani obodonlashtirish bosh boshqarmasiga qarashli “MAXSUS TRANS” avtomobili kabinasi va kuzovi oralig‘ida joylashgan yo‘l qoplamasini tozalash agregatining motor qismi yonib zararlangan.
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Yong‘in elektr simlaridagi qisqa tutashuvdan sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi