Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo‘limi xodimlari va “Suvoqova” DUK Zangiota filiali bilan hamkorlikda, tuman hududida ichimlik suvi tarmog‘iga ulanish va foydalanish qoidalariga rioya qilish yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilgan.
Natijada, ta’minotchi korxonaga tegishli podstansiyada faoliyat olib boruvchi shaxslar ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanib, podstansiyaga hisoblagichsiz ichimlik suvi krani o‘rnatib, foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Aniqlanishicha, podstansiya ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulangani holati yuzasidan Toshkent viloyat “Suvoqova” DUK markaziy abonent xizmati tomonidan qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, DUK ka jami 968.649.920 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan MIB Zangiota tuman bo‘limi tomonidan “Zangiota tuman elektr tarmoqlari korxonasi” ishchi-xizmatchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi