3 830
Toshkent viloyatilik 3 nafar ayol Bosh prokuror ularni qabul qilmaganini bildirib, norozilik namoyishi o‘tkazdi
5 iyul kuni O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan videokonferensiya aloqasi orqali respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qabuli o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qabul davomida Bosh prokuror tomonidan 27 nafar jismoniy shaxs va yuridik shaxslar vakillarining murojaati tinglangan.
Murojaatlarning 18 tasi sud masalalari, 3 tasi prokuratura ish yurituvi, 4 tasi ichki ishlar faoliyatiga oid, 2 tasi ijro masalasiga doir murojaatlarni tashkil etgan.
Qabul jarayonida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 4 iyuldagi xatida ko‘rsatilgan 13 nafar ayoldan 10 nafari qabul qilingan.
Bosh prokuror qabuli o‘tkazilayotgan vaqtda qolgan 3 nafar ayol (Toshkent viloyatida yashovchi M.Akbarova, I.Soliyeva, R.Adilova) Bosh prokuror qabuli o‘tkaziladigan manzilga (Toshkent viloyat prokuraturasi) taklif etilgan bo‘lsada, belgilangan vaqtda ushbu manzilga kelmasdan, bir guruh shaxslar bilan birgalikda Bosh prokuratura binosi oldida Bosh prokuror tomonidan fuqarolarning qabuli o‘tkazilmaganligi haqidagi asossiz vaj bilan norasmiy norozilik namoyishi o‘tkazgan.
«Bosh prokuratura tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida ishlar davom ettirilmoqda», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi