3 056
O‘zbekistonda qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilayotgani ma’lum bo‘ldi
2019 yilning yanvar-iyun oylarida 75,8 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koyeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan o‘zgarmagan (2018 yilning yanvar-iyun oylarida 4,6 promille bo‘lgan).
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligining FHDYo organlarida jami 79,4 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 75,8 mingtasi joriy yilda vafot etgan, 3,6 mingtasi 2019 yil yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tib, 2018 yilda vafot etganlar, xalqaro tavsiyalarga asosan, 2018 yilning yakuniy ma’lumotlarida inobatga olingan.
2019 yilning yanvar 62,1 % - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 % - o‘simtalardan, 5,3 % - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,5 % - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,4 % - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,8 % - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 3,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 55,3 % - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,4 % - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 13,3 % - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2 % - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,4 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 % - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,6 % - boshqa kasalliklardan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi