«Yo‘qotilgan Aleksandriya. Amudaryo qirg‘og‘idagi Iskandar Maqduniy qal’asi» ilmiy konferensiyasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. Mutasaddi tadbir davomida tariximizni yoritishdagi muammolarga to‘xtalib o‘tgan. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lumot berdi.
— Afsuski hali tariximizning ochilmagan qirralari talaygina. Aytaylik, Kushon davlati tarixini o‘rganish orqali ham yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan ko‘p jihatlarni ko‘rishimiz mumkin.
Oddiy misol — biz Xiva xonligi, deb ataydigan davlatga kelsak. Tarixda bunday davlat bo‘lmagan. Ha, poytaxti Xivada bo‘lgan, ammo davlat Xorazm, deb atalgan. Xohlasangiz hozirning o‘zida vikipediyadagi sahifasini ochib ko‘rsatishim mumkin. Qiziqsangiz, o‘zingiz o‘qib ko‘ring.
Xiva xonligi, degan atama chor Rossiyasi istilosidan so‘ng kirib keldi. Rus tarixchilari «Xiva xonligi», deb nomladi va bu atama hamon qo‘llanib kelinmoqda. Vaholanki, tarixiy hujjatlarda bu davlat Xorazm, deb atalgan.
Hozir xalqimiz gazeta kam o‘qiyapti, hatto televideniye ham avvalgidek o‘rin egallamayapti. Asosiy e’tibor internetga, ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlarga qaratilgan. Shunday ekan, bloger va internet-jurnalistlardan tariximizni yoritishda faolroq bo‘lishlarini so‘ragan bo‘lardim, — deydi Aziz Abduhakimov.
Ma’lumot uchun: 1511 yilda shayboniylardan bo‘lgan Elbarsxon Xorazm hukmdori, deb tan olingan. Dastlab Xorazm davlatining poytaxti Urganch (qadimgi nomi Gurganj) shahrida bo‘lgan. 1598 yilda Amudaryo o‘zanini o‘zgartirishi natijasida ko‘hna Urganch suvsiz qoladi va poytaxt Xiva shahriga ko‘chiriladi.
Elbarsxon asos solgan davlat XVII asr o‘rtalariga qadar mavjud bo‘lgan. 1770 yilda Xorazmda hokimiyat qo‘ng‘irotlar sulolasiga o‘tadi. 1873 yilda chor Rossiyasi istilosi natijasida Xorazm vassal davlatga aylangan. Shu vaqtdan e’tiboran Xiva xonligi atamasi paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi