Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Bugun, 22.07.2019 sanasida, soat 15:40da, Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasi 7-uyda joylashgan «Shoxrux» avtotransport korxonasining ta’mirlash boksida DAF» rusumli avtopritsep (tyagach) yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berib o‘tdi.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 15:47da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 15:52da qurshab olinib, soat 15:54da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb tahmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi