20:20 / 26.07.2019
3 043

Noqonuniy ulanish har qanday holatda ham faqat zarar keltiradi

Noqonuniy ulanish har qanday holatda ham faqat zarar keltiradi
Majburiy ijro byurosi Xonqa tuman bo‘limi tomonidan Sarapayon qishlog‘i, “Paxtagul” mahallasida istiqomat qiluvchi K.Razzakov, o‘ziga tegishli xonadonda elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulanib, 110524.05 Kvt.soat elektr energiyasidan foydalanib kelganligi oqibatida Xonqa tuman elektr ta’minoti korxonasiga 27 631 012 so‘mlik ancha miqdorda zarar yetkazganligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

K.Razzakov sodir etgan qilmishini tan olib, bundan keyingi davrda noqonuniy xatti-harakatlar sodir etmasligini, sodir qilgan qilmishidan amalda pushaymonlik bildirib, yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berdi.

Ushbu harakatdan kimga foyda-yu, kimga zarar? Albatta, foyda qilaman deb, iste’molchi bir muncha muddat noqonuniy foydalangani bu rostdir. Lekin, endilikda u “foydasi”ning zararini to‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy ulanish har qanday holatda ham faqat zarar keltiradi