2 422
Ekspert: O‘zbekistonda valyutafurushlarga jinoyatchi emas, soliq to‘lovchi sifatida qarash kerak (video)
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining yangilangan va saylovoldi dasturi loyihalari muhokama qilindi. Unda Bank-moliya akademiyasining moliya kafedrasi mudiri Dilshod Rahmonov valyutafurushlar haqida fikr bildirgan.
«Jinoyatchilik butun dunyoda kamaymoqda. Yevropada o‘qigan paytlarimizda ko‘rganimiz —qamoqxonalarda odamlar qolmayapti, u yerda ishlovchilar ishdan bo‘shab ketyapti. Nega desangiz jinoyatchilik kamaymoqda. Sababi nima? Sabab, ular jinoyatchilikni kamaytirmayapti, balki jinoyatchi maqomini o‘zgartiryapti.
Misol uchun, bozorlarimizda haligacha valyutafurushlar bor. Biz ularga hozirgacha jinoyatchi sifatida qaraymiz. Aslida biz ularga soliq to‘lovchi sifatida qarashimiz kerak. Boshimdan o‘tgan, 5—6 yil oldin borganimda bankka kirdim. Dollarni yevroga aylantirishim kerak edi. Biroq bank xodimlari ‘Uzr, bizda bunaqa xizmat ko‘rsatilmaydi’, dedi. Shunday katta bankda yo‘qmi bunaqa xizmat desam, ‘yo‘q’ dedi. Vaholanki, bu kabi xizmatni ularda xususiy sektor ko‘rsatar ekan. Biz ham valyutafurushlarga xususiy sektor maqomini berib, soliqqa tortishimiz kerak. Buning uchun katta narsa kerakmas. Alohida qonun ishlab chiqarmay, qonunchilikka o‘zgartirish kiritish kerak, bo‘ldi».
Биз валютафурушларга жиноятчи сифатида эмас, солиқ тўловчи сифатида қарашимиз керак.Дилшод Раҳмонов: Биз валютафурушларга жиноятчи сифатида эмас, солиқ тўловчи сифатида қарашимиз керак. Партиянинг янгиланган Дастури ва Сайловолди дастури лойиҳалари муҳокама қилинмоқда. Ушбу жараёнда партия фаоллари томонидан билдирилган фикр-мулоҳазалар. ???????????? https://t.me/joinchat/AAAAADv3a9GvgOXSu1_ksA
Опубликовано Ўзбекистон Либерал-демократик партияси - УзЛиДеП Четверг, 25 июля 2019 г.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?