O‘zbekistonda onlayn to‘lovlarning hajmi keskin oshmoqda. Daryo nashrining xabar berishicha, bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 2017 yilning I yarim yilligi mobaynida 1,9 trillion so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, 2018 yilning I yarim yilligida to‘lovlar summasi 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobarga ortib, 4,3 trillion so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan.
2019 yilning shu davrida esa ushbu tizim orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 2018 yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,7 barobarga ortib, 7,4 trillion so‘mga yegan.
Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 2019 yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasining:
1,8 trillion so‘mini (amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasining 25,04 foiz) g‘aznachilik to‘lovlari;
1,1 trillion so‘mini (15,13 foiz) «O‘ztransgaz» xizmatlari to‘lovlari;
983 milliard so‘mini (13,15 foiz) «O‘zbekenergo» xizmatlari uchun to‘lovlar;
533,0 milliard so‘mini (7,13 foiz) UzAuto Motors uchun to‘lovlar;
512,3 milliard so‘mini (6,85 foiz) Davlat xizmatlari markazlari xizmatlari uchun to‘lovlar;
512,1 milliard so‘mini (6,85 foiz) soliq va majburiy to‘lovlar;
505,5 milliard so‘mini (6,76 foiz) notariat va FHDYo to‘lovlari;
379,4 milliard so‘mini (5,07 foiz) yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima to‘lovlari
261,5 milliard so‘mini (3,50 foiz) bojxona to‘lovlari;
175,9 milliard so‘mini (2,35 foiz) «Toshissiqquvvati» uchun to‘lovlar;
610,9 milliard so‘mini (8,17 foiz) boshqa to‘lovlar tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi