Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya fakulteti bitiruvchisi Hojiakbar Botirov «Erasmus+» dasturi doirasida Aston universiteti (Buyuk Britaniya), Université Paris-Saclay (Fransiya) va Afina universiteti (Gretsiya)da grant asosida magistraturada o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Hojiakbar Botirovning ta’kidlashicha, u «Erasmus+» dasturi haqida do‘stidan eshitganidan keyin rasmiy veb saytdan mos dasturlarni qidira boshlagan. Uning asosiy e’tiborini ma’lumotlar uzatish tizimlari tortgan hamda «SMARTNET» dasturi unga mos kelgan. Hojiakbarning e’tirof etishicha, ushbu dasturni tanlashining asosiy sababi, dastur bizning mamlakatimizda hali integratsiyalashmagan mavzular va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.
Uning qayd etishicha, hujjatlar va zarur sertifikatlarni topshirishda qiyinchiliklarga duch kelmagan. Savollar paydo bo‘lgach, darhol «SMARTNET» vakiliga xat yozgan va 3-4 kun ichida javob olgan.
— Mening eng asosiy maqsadim, eng yaxshi talabalar qatorida bo‘lish va amalda katta ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini o‘rganish. Bo‘lajak ishtirokchilar uchun barcha kerakli hujjatlarni oldindan tayyorlashni va universitet o‘quv dasturidan tashqari loyihalarda va kurslarda qatnashishga harakat qilishni maslahat beraman, — deydi Hojiakbar.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, «Erasmus+» Yevropa Ittifoqining loyihasi bo‘lib, hamkorlikdagi turli tadbirlar, ta’lim, yoshlar bilan ishlash, sport kabi sohalarga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin