2 795
Test sinovlarining uchinchi kunida 1570 nafar abituriyent sinovga kelmadi, 54 nafari chetlatildi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov kecha – 31 iyul kunidagi test sinovlari natijalari haqida ma’lumot berdi.
Ikki smenada tashkil etib kelinayotgan test sinovlarida 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan 1 ming 570 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan.
Test sinovlari tartib-qoidalarini buzgani sababli 18 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 36 nafari binoda qoidani buzgani uchun test sinovlaridan chetlashtirilgan.
Uchinchi kunda kunduzli ta’lim yo‘nalishida eng ko‘p ballni yana O‘zbekiston milliy universitetining Matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent to‘plagan — 181,6 ball. Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa Qarshi davlat universitetining Informatika fakultetiga hujjat topshirgan abituriyent yetakchi — u 136,6 ball yig‘a olgan.
Kechki ta’lim yo‘nalishida esa Samarqand davlat universitetining Amaliy matematika va informatika fakultetiga hujjat topshirgan abituriyent eng ko‘p ball — 135,8 to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi