3 098
Namanganda «mijoz» abituriyentlar o‘rniga test sinovlariga kirishga uringan talabalar qo‘lga tushdi
DXX Namangan viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Barkamol avlod» sport majmuasi paviloniga soxta hujjatlar bilan (biometrik pasport va test sinovlariga kirish uchun DTM ruxsatnomasidagi rasmlarni almashtirib) «mijoz» abituriyentlar o‘rniga kirayotgan 3 nafar talaba — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Namangan davlat universiteti va Namangan muhandislik texnologiya institutining talabalari aniqlandi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.
O‘rganish davomida abituriyentlarni noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kirishini tashkillashtirgan shaxs 1985 yilda tug‘ilgan, Norin tumanida yashovchi A. D. ekanligi aniqlandi va u tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, A. D. «mijoz» abituriyentlarni 3,5 ming AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. «Kalla» bo‘lishga so‘z bergan talabalarga ularga biriktirilgan «mijoz» shartnoma asosida o‘qishga kirsa, 800 AQSh dollari, «grant»ga kiradigan bo‘lsa 1 200 ming dollari berishini aytadi.
Reyd davomida ayrim «kalla»larga test kuni «mijoz»ning soxta pasporti va ruxsatnomasi bilan birga kelishilgan pullar berilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi