3 846
Qashqadaryoda somon ortilgan «ZIL» mashinasi va xonadonning tom qismi yonib ketdi (foto)
2019 yilning 6 avgust kuni soat 14:01da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Yakkadaraxt” MFY Buton qishlog‘i ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “ZIL” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga zudlikda 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga yetib borganida, “ZIL” rusumli yuk avtomobili va ustiga ortilgan somon presslari hamda fuqaro S.Z.ning yashash uyining tom qismi yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilib, uyning 80 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni o‘chirishga uringan avtomobil haydovchisi, fuqaro R.R. kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan. Yuk avtomobili to‘liq yonib zararlangan.
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi. Ushbu ko‘chada harakatlanayotgan “ZIL” rusumli yuk avtomobili bortiga ortilgan somon presslarining ustki qismi elektr sim yog‘ochning simlariga tegishidan hosil bo‘lgan qisqa tutashuv natijasida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘inni ko‘rgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va shu ko‘chada yashovchi fuqaro S.Z. uyiga urilishi oqibatida alanga yashash uyiga o‘tib ketgan va uyning 18 kv. metr, maydonda tom qismi yonib zararlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi