
31 iyul kuni taxminan soat 13:25 larda Mirobod tumanida joylashgan dorixonalarning biriga yuziga niqob taqib olib, qo‘lida chopqisi bo‘lgan shaxs bostirib kirib, bosqinchilik jinoyatini sodir etgan. Bu haqda IIBB Axborot-multimediya markazi xabar berdi.
Jinoyatchining dorixonadan yugurib chiqib ketayotganini ko‘rgan mijozlardan biri uning ortidan quvib, unga yetib olgan. Voqea joyiga yetib kelgan IIB xodimlari yordamida jinoyatchi qo‘lga olingan.
Bosqinchilikni sodir etgan Botir ismli shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» bandi («Bosqinchilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyatchini qo‘lga olishda jonbozlik ko‘rsatgan fuqaroga IIBB tomonidan minnatdorchilik bildirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing